Jahon | 10:54 / 31.07.2024
4652
1 daqiqa o‘qiladi
Isroil armiyasi HAMAS yetakchisining o‘limiga izoh berishdan bosh tortdi
«Anadolu»ning so‘roviga Isroil armiyasi matbuot xizmati «bu masala bo‘yicha izoh berilmaydi», deb javob qaytardi.
Isroil armiyasi Tehronda HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaga qilingan hujumga izoh berishdan bosh tortdi.
«Haniya Isroilning Tehrondagi hujumi natijasida halok bo‘lganini tasdiqlaysizmi?» - deya «Anadolu» muxbiri telefon orqali bog‘langan Isroil armiyasi matbuot xizmati vakiliga murojaat qildi.
«Biz bu masala bo‘yicha izoh bermaymiz», deb javob qaytardi Isroil armiyasi matbuot xizmati.
HAMAS va Islom inqilobi muhofizlari korpusining yozma bayonotlarida, Ismoil Haniya Isroil armiyasining Tehrondagi mehmonxonaga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lgani bildirildi.