Isroil mamlakat shimolidagi havo hududini yopdi
Taqiq Isroil armiyasi Bayrut va Tehronga zarba berganidan keyin kiritilgan.
Isroil ma’muriyati mamlakat armiyasining Bayrut va Tehrondagi hujumlaridan keyin mintaqadagi keskinlik tufayli mamlakat shimolida havo hududini yopdi.
Isroil matbuoti mamlakat shimolidagi havo hududi Hadera shahridan boshlab parvozlar uchun yopiqligini bildirmoqda.
Parvozlarni taqiqlash 24 soat davomida amal qiladi va mintaqadagi yo‘llarda hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi.
Isroil armiyasi 30 iyul kuni Livan poytaxtiga havo hujumlari uyushtirgani, natijada «Hizbulloh» harakati qo‘mondonlaridan biri Fuad Shukur halok bo‘lganini ma’lum qildi.
31 iyul, chorshanba kuni ertalab HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Eron poytaxtida uyushtirilgan hujumda halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:00
Isroil mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
10:45 / 09.11.2024
Livan: Isroilning UNIFIL va Livan armiyasi harbiylariga hujumlari urush jinoyatlari hisoblanadi
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
17:32 / 08.11.2024