Sport | 01:34 / 03.08.2024
20201
1 daqiqa o‘qiladi

Parij-2024. Hasanboy Do‘smatov derbida irodali g‘alabaga erishib yarimfinalga yo‘l oldi, To‘rabek Habibullayevda mag‘lubiyat

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida boks musobaqasida chorakfinal bahslari davom etmoqda. 

-51 kg vaznda Rio Olimpiadasi chempioni, o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov og‘ir jangda qozog‘istonlik Saken Bibossinov ustidan 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishib, yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va kamida bronza medalini kafolatladi. 

Do‘smatov final yo‘llanmasi uchun 4 avgust kuni Kabo-Verde vakili David De Pinaga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Bungacha o‘zbekistonliklardan Lazizbek Mullojonov (-92 kg) va Bahodir Jalolov (+92 kg) ham yarimfinal masalasini ijobiy hal qilishgandi. 

-80 kg vaznda esa To‘rabek Habibullayev ikki karra Olimpiada chempioni, kubalik Arlen Lopes bilan munosib jang o‘tkazdi va 2:3 hisobida yutqazib, turnirni tark etdi.

Mavzuga oid