Rossiya Ukrainaga yana raketalar va uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildi
Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning 29 ta dronidan 24 tasi mamlakatning to‘qqiz viloyatida urib tushirilgan. Mintaqaviy rasmiylar qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi. Qator obektlar zarar ko‘rgan va yo‘q qilingan.
3 avgust, shanbaga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukraina hududiga to‘rtta X-31P raketasi va 29 ta Shahed uchuvchisiz uchog‘ini uchirdi, deb xabar berdi Ukraina Havo kuchlari Telegram'da. «Havo hujumiga qarshi jang natijasida Xerson, Odessa, Mikolayiv, Poltava, Sumi, Dnipropetrovsk, Kiyev, Vinnitsa va Jitomir viloyatlarida Shahed-131/136 rusumidagi 24 ta hujumkor uchuvchisiz uchoqlar urib tushirildi», — deyiladi xabarda.
Bayonotda aytilishicha, uchirishlar Qora dengiz ustidagi havo hududidan, Rossiyaning Primorsko-Axtarsk va Kursk viloyatlari, shuningdek, Qrimdagi Chauda burunidan amalga oshirilgan.
Hujum qilingan hududlar rasmiylariga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Biroq, vayronagarchilik mavjud: Vinnitsa viloyatida tungi zarbalar natijasida infratuzilma obekti, Dnipropetrovsk viloyatida - xususiy uy va suv ta’minoti tizimi shikastlangan. Mikolayiv viloyatida xususiy uy hududida ikkita xo‘jalik inshooti va o‘t-o‘lan yonib ketdi, biroq yong‘in tezda o‘chirildi, deya xabar qildi rasmiylar.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
20:43 / 13.11.2024