Jahon | 09:40 / 05.08.2024
2739
1 daqiqa o‘qiladi

Tel-Aviv va London strategik xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

Isroil poytaxtida ikki davlat Qurolli kuchlari Bosh shtablari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Isroil Bosh shtabi boshlig‘i Gersi Halevi va Britaniya Bosh shtab boshlig‘i admiral Toni Radakin ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari va mintaqadagi vaziyatga oid strategik masalalarni muhokama qildi.

Isroil armiyasi rasmiy vakili Avixay Adraining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, uchrashuv Tel-Avivda bo‘lib o‘tgan.

Muzokaralar chog‘ida «strategik xavfsizlik» masalalari va mintaqadagi hamkorlik yo‘nalishlariga birgalikda baho berildi, dedi u.

Bir kun avval Isroil Mudofaa vazirligi vazir Yoav Galant Livanga rasmiy tashrif bilan kelgan britaniyalik hamkasbi Jon Hili bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi.

Galant va Hili «ko‘plab strategik va harbiy sohalarda, jumladan, mudofaa va razvedkada hamkorlikni» muhokama qildilar.

Mavzuga oid