Hugo Boss Rossiyani tark etdi
Nemis kompaniyasi Rossiya biznesini sotish bo‘yicha kelishuvni yakunladi. «Stokmann» ulgurji kompaniyasi «Xyugo Boss Rus» MChJning yangi egasi bo‘ldi. Kelishuv summasi oshkor etilmagan.
Germaniyaning Hugo Boss modalar uyi Rossiyadagi biznesini sotishni yakunladi. «Bizning Rossiyadagi shu’ba korxonamiz Hugo Boss mamlakatdagi uzoq yillik ulgurji hamkorlaridan biriga tegishli bo‘lgan «Stokmann» OAJga sotilganini tasdiqlashimiz mumkin», — deyiladi nemis kompaniyasi 5 avgust, dushanba kuni bergan bayonotida.
Kelishuv summasi oshkor etilmagan. Rossiya hukumati G‘arb kompaniyalaridan Rossiya Federatsiyasida o‘z biznesini sotadigan bo‘lsa, ularga kamida 50 foiz chegirma taqdim etishni talab qilmoqda, deya xabar bermoqda Reuters. Unga ko‘ra, bitim 2 avgust kuni yopilgan. Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, «Stokmann» kompaniyasi «Xyugo Boss Rus» MChJ 100 foiz ulushi 40 million rublga teng.
Bitimning sharti barcha ish o‘rinlarini saqlab qolish edi
Aprel oyining oxirida Hugo Boss Rossiya hukumati bilan Rossiya biznesini sotish bo‘yicha kelishib oldi. Sotish shartlaridan biri Hugo Boss’dagi barcha ish joylarini saqlab qolish edi. 2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli hujumi boshlanganidan so‘ng, Hugo Boss Rossiyadagi do‘konlarini yopdi, shuningdek, Rossiya bozorida onlayn savdoni va reklamani to‘xtatdi.
Reuters ta’kidlaganidek, B4Ukraine kabi bir qator fuqarolik jamiyati tashkilotlari nemis kompaniyasini Rossiyaga ba’zi tovarlar yetkazib berishda davom etayotgani uchun tanqid qilgan va mamlakatni tark etishi uchun bosim o‘tkazgan. «Ulgurji biznesimiz nuqtayi nazaridan, biz sheriklarimiz oldidagi shartnoma majburiyatlarini bajardik, - dedi Hugo Boss vakili aprel oyida. - Kompaniya har doim amaldagi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga rioya qilgan».
Mavzuga oid
22:00 / 08.11.2024
Rossiyada «dvornik»larning o‘rtacha ish haqi deyarli 30 foiz oshdi
21:18 / 08.11.2024
Geosiyosiy bosim vositasi va himoyasiz qatlam – siyosatshunos Rossiyadagi mehnat muhojirlari haqida
21:01 / 08.11.2024
Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlarning soxta nikohlarini ommaviy ravishda bekor qiladi
16:34 / 08.11.2024