«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi qachon boshlanishi ma’lum qilindi
Temir yo‘l «Qashg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon» yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadi.
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi 2024 yil oktyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda «Kyrgyz temir jolu» kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i Risqulbek Jumaboyev ma’lum qildi.
U amalga oshirilayotgan xalqaro loyiha, shuningdek, «Baliqchi — Qo‘chqor — Qora-Keche — Makmal» temiryo‘li mamlakatning asosiy transport arteriyalariga aylanishini va Qirg‘izistonni geografik boshi berk ko‘chadan chiqarishini eslatdi.
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li Trans-Yevrosiyo transport yo‘lagi janubiy qismining tarmoqlaridan biriga aylanadi.
Kelishuvga muvofiq, rejalashtirilgan temiryo‘l «Qashg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon» yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadi. Uning yillik yuk tashish hajmi 15 million tonnaga yetishi, iste’molchilarga tovarlarni yetkazib berish muddati yetti kunga qisqarishi kutilmoqda.
Qirg‘iziston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi uchun Xitoy banklaridan kredit olish niyatida. Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarga baholangan.
Mavzuga oid
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
18:49 / 20.09.2024
Qirg‘izistonda korrupsionerlar va ularning qarindoshlariga davlat lavozimida ishlash taqiqlanadi
11:41 / 20.09.2024
Dashtobod temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i pora olgan vaqtida ushlandi
22:28 / 19.09.2024