Isroillik iste’fodagi general: Tel-Aviv mintaqaviy urushga AQShsiz kira olmaydi
Isroil global urush oqibatlarini mustaqil ravishda yengishga qodir emas, «Isroil armiyasi bunday yetarli kuchga ega emas», dedi Itsxak Brik.
Eron va «Hizbulloh»ga qarshi har qanday ogohlantiruvchi zarba Isroil armiyasining o‘zi bardosh bera olmaydigan mintaqaviy urushga olib keladi.
Bu haqda isroillik iste’fodagi general-mayor Itsxak Brikning Chanel 12 telekanali tarqatgan maqolasida aytiladi.
Tel-Aviv buni Qo‘shma Shtatlar ko‘magisiz amalga oshira olmaydi, deyiladi «Isroil AQShga to‘liq qaram bo‘lgani holda mintaqaviy urush tomon shiddat bilan harakat qilmoqda» sarlavhali materialda.
«Kecha Isroil harbiylari uchun xavotirli vaziyatni hali tushunmagan bir qancha odamlar Isroilga javob berishdan oldin Eron va «Hizbulloh»ga profilaktik zarba berish zarurligini bildirdi. Afsuski, bu odamlar «Hizbulloh» va Eronga qarshi har qanday preventiv zarba darhol mintaqaviy urushga olib kelishini hisobga olishmayapti», - deydi muallif.
Agar Isroil oldindan hujum uyushtirsa, aholi punktlari, elektr stansiyalari, yonilg‘i quyish shoxobchalari, sanoat infratuzilmasi va harbiy bazalar har kuni minglab raketalar va uchuvchisiz uchoqlar tomonidan hujumga uchragan bo‘lardi, dedi Brik.
«Isroil harbiylari mintaqaviy urushga javob berishga, mamlakat infratuzilmasini himoya qilishga yoki Eron, «Hizbulloh» va ularning sheriklarini mag‘lub etish kuchiga ega emas», dedi iste’fodagi general-mayor.
Shu bilan birga, uning fikricha, Eron va «Hizbulloh»dan kutilayotgan munosabat yumshoq bo‘lsa, mintaqaviy urush ehtimoli pasayadi.
Har holda, Isroil armiyasi mintaqaviy urushda yolg‘iz kurasha olmaydi, armiya o‘zi qarshilik ko‘rsatishga qodir emas va u AQSh yordamiga muhtoj, deya ta’kidladi Brik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga Oq uy roziligisiz bunday qadam qo‘yilgan taqdirda Vashington Isroilni qo‘llab-quvvatlamasligini aytib, unga zarba yo‘llashga ruxsat bermagan.
«O‘ylaymanki, Bayden Netanyahuga Qo‘shma Shtatlar Eron va «Hizbulloh»ning harbiy va iqtisodiy obektlariga, ular qizil chiziqni kesib o‘tib, Isroil fuqarolari katta zarar ko‘rgan taqdirdagina hujum qilishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytdi», dedi u.
Muallifning ishonchi komilki, bunday voqealar rivojida Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroilga yordam beradi, hatto bu keng ko‘lamli mintaqaviy urushga olib kelsa ham.
«Ammo, agar Netanyahu Baydenning tavsiyalariga amal qilishda davom etmasa, biz ehtimoliy urushda yolg‘iz qolamiz», deb qo‘shimcha qildi iste’fodagi general-mayor.
Mavzuga oid
17:32
Netanyahu mudofaa vazirini bo‘shatdi: bu g‘alayonlarga sabab bo‘lmoqda
14:13
G‘azo sektorida Isroil hujumlarida 16 falastinlik halok bo‘ldi
14:49 / 07.11.2024
Isroil armiyasi G‘azo shimolidagi uchta kasalxonaga zarba berdi
12:57 / 07.11.2024