Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda milliy ID-kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qildi
O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvida turistik almashuvni kengaytirish maqsadida “Bitta tur – butun mintaqa” tamoyili bo‘yicha milliy ID-kartalarni o‘zaro tan olish va ommaviy turistik mahsulotlarni ishlab chiqish masalalarini o‘rganib chiqishni taklif qildi.
Qayd etilishicha, turizm sektori mintaqaviy hamkorlikning yangi drayveriga aylanib bormoqda. Mamlakatlardagi ichki mintaqaviy turistik oqim ulushi so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshdi.
Kelgusi oyda ko‘hna Xiva shahrida mintaqa mamlakatlarining navbatdagi Parlamentlararo forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Prezident mintaqa xalqlarining o‘zaro bir-birini tushunishi va birdamligini yanada mustahkamlash maqsadida mintaqaviy o‘ziga xoslikni shakllantirishning amaliy jihatlariga bag‘ishlangan ilmiy forum o‘tkazishni taklif qildi.
“Markaziy Osiyo yoshlar kun tartibi – 2030”ni ilgari surish va yosh avlodni hamkorlik dasturlariga jalb qilish uchun doimiy ravishda Innovatsion g‘oyalar va loyihalar mintaqaviy yoshlar tanlovini o‘tkazish taklif etildi.
Markaziy Osiyo ta’lim va akademik almashuv dasturini qabul qilish va mamlakatlardagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarining diplomlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida ham bitim ishlab chiqilishi mumkin.
Shuningdek, mintaqa davlatlarining iqtidorli talabalari o‘qishi uchun o‘zaro kelishuvlar asosida stipendiyalar ajratish taklif qilindi.
Ushbu loyihalarni batafsil muhokama qilish uchun Toshkent shahrida oktyabr oyida Markaziy Osiyo birinchi ta’lim forumi o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
16:51 / 12.12.2024
Amerikalik tahlilchilar Trampga Markaziy Osiyoni e’tiborsiz qoldirmaslikni taklif qildi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
16:43 / 07.12.2024