Trampning samolyoti nosozlik tufayli boshqa aeroportga yo‘naltirildi
Sobiq prezident Bozmen shahridagi respublikachilar mitingiga boshqa samolyotda borishga majbur bo‘ldi.
AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning samolyoti texnik nosozlik tufayli Montana shtatining Bozmen shahriga qo‘na olmadi, deb xabar berdi CBS News.
Qayd qilinishicha, Bozmenda respublikachilar mitingini o‘tkazish rejalashtirilgan edi, biroq samolyot manzildan 150 mil uzoqlikda joylashgan Billingsga qo‘ndi.
Billings aeroporti samolyot muvaffaqiyatli qo‘nganini ma’lum qildi. So‘ngra sobiq prezident boshqa samolyotda Bozmenga yo‘l oldi. Nosozlikning tabiati haqida ma’lumot oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pensilvaniya shtati Batler shahrida bo‘lib o‘tgan mitingda Trampga suiqasd uyushtirilgan, oqibatda u o‘ng qulog‘idan yaralangan edi.
Mavzuga oid
14:31
Kreml inauguratsiyadan oldin Putin va Tramp o‘rtasidagi muloqotni istisno etmadi
13:58
«Tramp urushlarni to‘xtata olmaydi» – amerikalik siyosatshunos Jyennifer Brik
12:46
Ikki marta ayollarni yutgan Tramp: AQShning yangi-eski prezidenti haqida qiziqarli ma’lumotlar
12:37