Eron vitse-prezidenti o‘n kunlik ishidan keyin iste’foga chiqdi
Muhammad Javod Zarif o‘z ishidan qoniqmaganini tan oldi.
AQSh bilan muloqot tarafdori bo‘lgan Eronning strategik masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Muhammad Javod Zarif iste’foga chiqdi. U o‘n kun davomida lavozimda ishlagan.
«O‘z ishimning (yangi Vazirlar Mahkamasini shakllantirish bo‘yicha maslahat kengashi rahbari sifatida) natijasidan qoniqmadim», deb yozdi Zarif ijtimoiy tarmoqda.
Mas’ud Pizishkiyon 5 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Eron prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganidan keyin Zarif Maslahat kengashiga rais bo‘lgan edi. U vazirlikka nomzodlarni tanlab olishi va 11 avgust kuni tasdiqlash uchun parlamentga taqdim etishi lozim edi.
U o‘zi va’da qilgandek, «maxsus qo‘mitalarning e’tiborini ayollar, yoshlar va etnik ozchiliklarni jalb etishga qarata olmaganini» ta’kidladi.
Muhammad Javod Zarif 2013 yildan 2021 yilgacha Eron tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Sobiq vazir 2015 yilda Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim tuzishda faol ishtirok etgan va Amerika rasmiylari bilan doimiy muloqotda bo‘lgan. U 2024 yilgi prezidentlik saylovida islohotchi nomzod Mas’ud Pizishkiyonning asosiy tarafdoriga aylandi.
Zarif iste’foga chiqqandan keyin ham universitetdagi faoliyatini davom ettirmoqchi. U 2007 yildan beri Tehron universitetining xalqaro munosabatlar maktabida dars beradi.
Mavzuga oid
15:34 / 03.01.2025
Eron Saudiya elchisini Eron fuqarolari qatl etilgani munosabati bilan TIVga chaqirtirdi
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
20:58 / 24.12.2024
Bloomberg: Rossiyaga Eron qurollarining chorak qismini biznesmen Husayn Shamhaniy yetkazib bermoqda
19:06 / 22.12.2024