Kurskda yashovchi yuzlab fuqarolar jangovar harakatlar zonasida bedarak yo‘qoldi
Hafta o‘rtasidan beri «Liza Alert» qidiruv tashkilotiga Kursk viloyatidagi jangovar zonada bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha 200 dan ortiq murojaat kelib tushgan.
«Liza Alert» qidiruv guruhiga Kursk viloyatidagi Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) va Rossiya armiyasi o‘rtasidagi janglar zonasida joylashgan aholi punktlarida odamlarni qidirish bo‘yicha kamida 200 ta so‘rov kelib tushdi. Bu haqda 11 avgust, yakshanba kuni «Agenstvo» nashriga qidiruv tashkilotining hududiy bo‘limi ma’lum qildi.
«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ida aloqaga chiqishni to‘xtatgan qarindoshlarini topishda yordam so‘ragan yana yuzlab e’lonlar paydo bo‘ldi, deya xabar beradi «Agenstvo». Ular 7 avgustda - Ukraina armiyasining hujumi boshlanganidan keyingi ikkinchi kuni nashr etila boshlandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, juma kunidan boshlab faqat «Podslushano Sudja» guruhida foydalanuvchilar 148 kishi qidirilayotgani haqida xabarlar chop etishgan.
«Liza Alert» mintaqaviy bo‘linmasi sahifasida ham e’lonlar paydo bo‘lyapti. 11 avgust kuni yarim tunda ularning soni 70 tadan oshdi. «Biz aniq raqamni aytishga tayyor emasmiz, chunki hozircha statistik ma’lumotlar yo‘q, ammo so‘nggi ikki-uch kun ichida biz 200 ta so‘rovga yaqinlashdik», — dedi tashkilotning Kursk viloyatidagi matbuot kotibi Olesya Partalyuk.
Kursk viloyatida janglar
Ukraina Qurolli kuchlari 2024 yil 6 avgustdan buyon Kursk viloyatida harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Korenev va Sudja tumanlarida faol janglar ketmoqda. 10 avgust kuni Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etildi.
Bir kun avval Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kursk viloyatidan 76 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan edi. So‘nggi 24 soat ichida viloyatning chegaradosh hududlaridan 8 mingdan ortiq aholi mustaqil ravishda va «uyushgan kolonnalar»da chiqib ketdi, deb xabar qildi 11 avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Ukraina hukumati UQKning Kursk viloyatidagi harbiy harakatlariga rasman izoh bermayapti. Ukraina xavfsizlik xizmatining yuqori martabali mulozimi AFP agentligiga aytishicha, operatsiyada «minglab» ukrainalik harbiylar ishtirok etyapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumning maqsadi - Rossiya kuchlarini «cho‘zish» va mamlakatni «beqarorlashtirish».
Mavzuga oid
12:38 / 19.08.2024
Rossiya: Kiyevning Kursk AES bo‘yicha provokatsiyalari Yevropada falokatga olib kelishi mumkin
12:37 / 19.08.2024
Zelenskiy: Kurskdagi operatsiya rejalashtirilganidek davom etmoqda
12:00 / 19.08.2024
Kursk chegara hududlaridan bir kunda 1,7 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
08:09 / 19.08.2024