Tramp uzoq tanaffusdan so‘ng X ijtimoiy tarmog‘iga qaytdi
Uzoq muddatli tanaffusga qaramay, 88 milliondan ortiq obunachini saqlab qolgan AQSh sobiq prezidentining akkauntidagi avvalgi yozuv 2023 yil avgustiga to‘g‘ri keladi. Donald Tramp Ilon Maskka katta intervyu bermoqchi.
X ijtimoiy tarmog‘ining foydalanuvchisi sifatida uzoq vaqt ko‘rinmaganidan so‘ng, AQSh sobiq prezidenti va Respublikachilar partiyasidan bo‘lajak saylovlarda yagona nomzod Donald Tramp ushbu axborot platformasiga qaytdi. 12 avgust, dushanba kuni u o‘zining 2,5 daqiqalik saylovoldi videosini e’lon qildi. Unda Trampning 2016 yildagi saylovlardagi birinchi g‘alabasidan to hozirgi prezidentlikka nomzodigacha bo‘lgan yo‘li ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, Tramp turli davomiylikdagi bir qancha shunga o‘xshash videolarni e’lon qildi.
Tramp akkauntidagi avvalgi haqiqiy faollik 2021 yilning yanvarida bo‘lib, u kuniga bir nechta video va tvitlar joylashtirgan. O‘shanda bu ijtimoiy tarmoq hali Twitter deb nomlangan - milliarder Ilon Mask uning egasi bo‘lgunga qadar. Mask so‘nggi oylarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodga katta moliyaviy yordam ko‘rsatishini e’lon qildi.
Trampning ijtimoiy hayoti tarixi
Twitter Donald Trampning akkauntini «zo‘ravonlikni yanada qo‘zg‘atish xavfi tufayli» doimiy ravishda 2021 yilning yanvarida - uning tarafdorlari Kapitoliy binosida uyushtirgan tartibsizliklardan keyin bloklab qo‘ydi. O‘sha paytda deyarli 89 million foydalanuvchi Trampga obuna bo‘lgan, hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, ular «sodiqligini» saqlab qolishgan. 2022 yil noyabrida Ilon Mask Trampning akkauntini blokdan chiqardi, biroq o‘shandan beri u yerda 2023 yil 24 avgustda faqat bitta post e’lon qilindi – Trampning qisqa vaqt ichida hibsga olingandagi qamoqxona surati.
O‘tgan yildan beri Tramp barcha yirik onlayn-servislarga kirishni tikladi. Biroq, u asosan o‘zining Truth Social platformasidan foydalanadi, bu yerda uning auditoriyasi X’ga nisbatan ancha kichik - taxminan 7,5 million obunachi.
Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Amerika vaqti bilan 12 avgust kuni kechqurun Ilon Maskka katta intervyu berishini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, tafsilotlar keyinroq ma’lum bo‘ladi.
NYT so‘rovi: Harris Trampdan uchta asosiy shtatda o‘zib ketdi
AQSh vitse-prezidenti, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris uchta muhim shtat – Michigan, Viskonsin va Pensilvaniyada Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni ortda qoldirdi. Buni The New York Times gazetasi va Siena College tadqiqot instituti tomonidan 10 avgust kuni e’lon qilingan so‘rov natijalari tasdiqlaydi.
AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Harris va Donald Tramp 10 sentabr kuni teledebatda uchrashadi. Bu haqda 8 avgust kuni bahsga mezbonlik qiladigan ABC telekanali ma’lum qildi. «Vitse-prezident Harris va sobiq prezident Tramp ishtirok etishlarini tasdiqlashdi», deyiladi kanal xabarida.
Mavzuga oid
14:31
Kreml inauguratsiyadan oldin Putin va Tramp o‘rtasidagi muloqotni istisno etmadi
13:58
«Tramp urushlarni to‘xtata olmaydi» – amerikalik siyosatshunos Jyennifer Brik
12:46
Ikki marta ayollarni yutgan Tramp: AQShning yangi-eski prezidenti haqida qiziqarli ma’lumotlar
12:28