Moldova muvaqqat ishlar vakili Rossiya TIVga chaqirildi
Bu Ukraina uchun mo‘ljallangan F-16 samolyotlarining mamlakatda joylashtirilishi haqidagi ma’lumotlar tufayli yuz berdi.
Moldovaning Rossiyadagi muvaqqat ishlar vakili Aleksandr Ketraru Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda Rossiya tashqi siyosat idorasi xabarida aytiladi.
Bayonotga ko‘ra, diplomatga G‘arb tomonidan Ukrainaga topshirilayotgan F-16 samolyotlari Moldovadagi aerodromlarda joylashtirilishi va ular Rossiya hududini bombardimon qilish uchun foydalanilishi haqida ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma’lumotlar tufayli jiddiy xavotir bildirilgan.
Idoraning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi Moldovani «betaraflikni saqlashga va Ukraina inqirozi kuchayishiga hissa qo‘shadigan choralar ko‘rmaslikka» chaqiradi.
Mavzuga oid
23:38 / 10.11.2024
Rossiya tomonidan uchirilgan ikkita dron Moldova hududiga qulab tushdi
21:13 / 05.11.2024
Kreml rossiyaparast nomzod mag‘lubiyatidan keyin Moldovadgi prezidentlik saylovlarini «adolatsiz» deb atadi
08:50 / 04.11.2024
Moldovadagi prezidentlik saylovlarida Sandu g‘alaba qozondi
15:24 / 03.11.2024