7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azoga uyushtirgan zarbalarida 100 dan ortiq chaqaloq halok bo‘ldi
Isroil armiyasi eksklavdagi tinch aholiga qarata hujumlar uyushtirishda davom etmoqda.
Isroilning G‘azo sektoriga 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etgan zarbalari natijasida 115 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘ldi.
Bu ma’lumotlarni G‘azo sektoridagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi keltirmoqda.
Isroil armiyasi eksklavdagi tinch aholiga qarata hujumlar uyushtirishda davom etmoqda.
Bir kun avval falastinlik Kumane Orif va uning 4 kunlik egizaklari Aysel va Aser eksklav markaziy qismidagi Dayr al-Bala shahridagi uy Isroil tomonidan o‘qqa tutilishi qurboni bo‘ldi.
Oila boshlig‘i Muhammad al-Kumsan chaqaloqlarning o‘limi haqidagi xabarni ular tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarini olishga borganida bilgan.
Isroilning G‘azodagi agressiyasi qurbonlari soni allaqachon 39 929 kishiga yetgan. Ularning 16 314 nafari bolalar, 10 980 nafari ayollardir. Eksklavning 92 240 nafar aholisi jarohatlangan.
Mavzuga oid
20:02 / 20.09.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
21:36 / 19.09.2024
The New York Times: Isroil «zamonaviy Troya oti»ni yaratdi
20:46 / 19.09.2024
Isroil Livan bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
12:20 / 19.09.2024