Jahon | 15:10 / 15.08.2024
3170
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi mudofaa bo‘yicha kelishuvlar muhokama qilindi

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Jyeyms O'Brayyen bilan uchrashdi. 

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Kiyevda tashrif bilan bo‘lgan AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Jyeyms O'Brayyen bilan uchrashdi

«Davlat rahbari devoni rahbari AQSh prezidenti Jozef Bayden va uning jamoasiga, Kongress ikkala palatasi va partiyalariga Ukrainaga Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda, xususan, mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi», — deyiladi chorshanba kuni veb-saytda.

Suhbatdoshlar jang maydonidagi mavjud vaziyat hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi mudofaa bo‘yicha kelishuvlar holatini muhokama qildi. 

Prezident devoni rahbari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga nisbatan sanksiyalar bosimini oshirish muhimligini ham qayd etdi. 

Mavzuga oid