Quyoshda yangi chaqnash paydo bo‘ldi, u Quyosh-Yer chizig‘ida joylashgan
Quyoshda, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, X1.1 darajasidagi eng yuqori magnitudali yangi portlash qayd etildi. Bu haqda Quyosh astronomiyasi va geliofizika asboblari laboratoriyasida xabar berildi.
Laboratoriya ma’lumotlariga ko‘ra, portlash Quyoshning shimoliy yarimsharida sodir bo‘lgan, bu hozirgi quyosh sikli uchun juda g‘ayrioddiy hodisa, chunki unda shu vaqtgacha deyarli barcha faollik ekvatordan janubda to‘plangan edi.
“Portlash markazi, 3784 raqamli nuqta, hozirda aynan Quyosh-Yer chizig‘ida (atigi 2 gradus og‘ish bilan), ya’ni bizga ko‘rinadigan quyosh diskining markazida joylashgan. Ushbu nuqtadagi portlashdan chiqindilar ajralsa, ularning Yerga ta’siri muqarrar”, — deyiladi xabarda.
Quyosh astronomiya laboratoriyasi hozirda Yerdagi geomagnit vaziyat o‘rtacha barqaror ekanligini ta’kidladi. Magnitosfera qatlami 12 avgust kuni sodir bo‘lgan kuchli bo‘rondan deyarli to‘liq tiklangan, biroq quyosh shamolining bosimi hamon ortib boryapti, epizodik buzilishlar qayd etilyapti.
Quyoshdagi faollik tarafdan Yer uchun xavflar kamida 2-3 kun davom etadi.
Mavzuga oid
23:55 / 12.09.2024
Yerda 7 ballik geomagnit bo‘roni kuzatilmoqda
21:01 / 09.09.2024
Quyoshda qora plazma otildi: Yerda kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi
21:47 / 17.07.2024
Quyoshda 2024 yil yozining eng kuchli chaqnashi yuz berdi
11:40 / 21.06.2024