Iqtisodiyot | 18:43 / 16.08.2024
4504
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi

7 ta avtomobil qo‘yilgan kimoshdi savdosi 17 avgust kuni o‘tkazilishi lozim edi.

Toshkentda AQSh elchixonasining eskirgan xizmat avtomobillari ochiq auksioni boshqa sanaga qoldirildi. Bu haqda elchixona xabar berdi.

Qayd qilinishicha, «auksion katta qiziqish tufayli, unda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tganlarni ko‘rib chiqish uchun» qoldirilgan. Kimoshdi savdosining yangi sanasi ma’lum qilinmagan.

Auksion haqida 14 avgustda e’lon qilindi. U 17 avgust kuni o‘tkazilishi kerak edi. Unda sotish uchun 7 ta avtomobil qo‘yilgan:

- 2 ta Ford Econoline Cargo furgoni — boshlang‘ich narxi 100 dollar;

- 2 ta Chevrolet Colorado pikapi — boshlang‘ich narxi 2500 dollar;

- 2 ta RAM 1500 pikapi — boshlang‘ich narxi 3500 dollar;

- Chevrolet Impala Limited — boshlang‘ich narxi 5000 dollar.

Auksion talabida to‘lov naqd pulda, AQSh dollarida yoki o‘zbek so‘mi ekvivalentida amalga oshirilishi, milliy valutada to‘lov amalga oshirilganda kamida 50 ming so‘mlik banknotalar qabul qilinishi belgilangan. Shuningdek, avtomobillar hech qanday kafolatlarga ega emasligi, xaridor transport vositasini sotib olish bilan bog‘liq barcha bojxona to‘lovlari, soliqlar va boshqa to‘lovlar uchun o‘zi javobgarligi ta’kidlangan.

Mavzuga oid