Livandagi so‘nggi elektr stansiyasi yopildi va mamlakat elektrsiz qoldi
Mamlakat bo‘ylab energiya ta’minoti to‘xtatilgan, jumladan, yirik shaharlar va muhim infratuzilma obektlari, jumladan, Bayrut aeroporti, dengiz porti, suv nasoslari va kanalizatsiya tizimlari elektrsiz qolgan.
Livandagi so‘nggi elektr stansiyasi yoqilg‘i yetishmasligi tufayli yopildi, oqibatda mamlakat hududi elektrsiz qoldi. Bu haqda Électricité du Liban energetika kompaniyasiga tayanib Jerusalem Post xabar berdi.
Qayd qilinishicha, mamlakat bo‘ylab energiya ta’minoti to‘xtatilgan, jumladan, yirik shaharlar va muhim infratuzilma obektlari, jumladan, Bayrut aeroporti, dengiz porti, suv nasoslari va kanalizatsiya tizimlari elektrsiz qolgan. Ta’minot tanqisligi tufayli aholi «iloji boricha suvni tejashga» chaqirilgan.
Électricité du Liban mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarishning 90 foizini nazorat qiladi. Kompaniya yoqilg‘i ta’minoti tiklangach, elektr stansiyalarini qayta ishga tushirishga va’da bermoqda. Avvalroq, mamlakat hukumati yoqilg‘ining yangi partiyasi 20 avgustda yetkazilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
08:58
Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi
20:02 / 20.09.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
10:50 / 20.09.2024
YeI Livanda elektron qurilmalarning ommaviy portlashini qoraladi
21:36 / 19.09.2024