Jahon | 10:12 / 19.08.2024
7280
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil poytaxtida portlash yuz berdi

Hozircha shaxsi aniqlanmagan bir kishi halok bo‘lgan, yana biri yaralangan.

Foto: Jack GUEZ / AFP

Isroil poytaxti Tel-Avivda sodir bo‘lgan portlashda bir kishi halok bo‘ldi, bir kishi og‘ir yaralandi.

Isroil politsiyasi matbuot xizmati bayonotida, Tel-Avivdagi Lahi ko‘chasida portlash sodir bo‘lgani aytiladi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha shaxsi aniqlanmagan 1 kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi jarohatlangan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

Isroil davlat televideniyesi KAN xabariga ko‘ra, portlash oqibatida 50 yoshlardagi bir erkak halok bo‘lgan. Isroilning ichki razvedka tashkiloti «Shin-Bet» terakt ehtimolini baholash uchun tergovda ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid