O‘zbekiston | 16:19 / 20.08.2024
1535
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya kompaniyasi O‘zbekiston transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirdi

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Deecon Consulting kompaniyasi ijrochi direktori Darren Gillard bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot avvalida Darren Gillard tashkilot faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, hozirgi kunda kompaniya turli yo‘nalishlardagi infratuzilma loyihalari bo‘yicha konsalting xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.

"O‘zbekistonning transport tizimi, shaharlarning ichki avtobus yo‘nalishlarini loyihalashtirish va boshqarish bo‘yicha xorijiy kompaniyalarni hamkorlikka jalb etishga ko‘maklashishimiz mumkin", dedi u.

Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish maqsadida O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan ikki tomonlama muzokaralar tashkil etish va Deecon Consulting kompaniyasi vakillarining yurtimizga safarini uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Deecon Consulting kompaniyasi telekommunikatsiya, energetika, transport, qurilish, qayta tiklanadigan energiya va infratuzilma investitsiyalari bo‘yicha maslahatlar berish hamda tadqiqot ishlarini olib borish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, mazkur tashkilot xalqaro moliya tashkilotlari va nufuzli kompaniyalardan kapital jalb qilish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

Mavzuga oid