Toshkentda qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida joylashgan “Universam dehqon bozori” oldida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqarolar N.R., X.A. (muqaddam sudlangan) va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Toshkent tumanida yashovchi S.M.dan olib kelgan 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 10 000 AQSh dollarini fuqaro A.O.ga haqiqiy 7200 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ushlangan.
Shuningdek, X.A.ning yonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan yana 75 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:57 / 13.08.2024
OAV: Sanksiyalarga qaramay, Rossiyaga milliardlab dollar va yevro olib kirildi
10:43 / 30.07.2024
Toshkentda xorijga yuborishni va’da qilgan shaxsning yonidan qalbaki 8400 dollar chiqdi
13:02 / 23.07.2024
Yunusobod tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
14:00 / 14.07.2024