Olaf Shols Ukrainaning Kursk viloyatidagi amaliyotiga izoh berdi
Germaniya kansleri Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi amaliyoti makon va vaqt nuqtayi nazaridan «cheklangan» bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Ukraina qo‘shinlarining Kursk viloyatida oldinga siljishi keng tarqalmaydi, deydi Germaniya kansleri Olaf Shols 21 avgust, chorshanba kuni Moldovaga tashrifi chog‘ida «Bu makon va ehtimol vaqt jihatidan juda cheklangan operatsiya», dedi kansler. U, ayniqsa, Kiyev Berlin bilan hech qanday tarzda maslahatlashmagan holda, Kursk viloyatida hujumga tayyorlanganini alohida ta’kidladi.
Shols: Germaniya kerak bo‘lguncha Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi
Shu bilan birga, kansler Germaniya zarur bo‘lgan vaqt davomida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga va Berlin «Ukrainaning Yevropadagi eng yirik yordamchisi» bo‘lib qolishiga va’da berdi. Shols fikricha, faqat AQSh yirik davlat sifatida Kiyev uchun Germaniyadan ko‘ra ko‘proq narsani qila oladi.
Shu bilan birga, u 2025 yilda Germaniya Kiyevga yordam berish uchun atigi 4 milliard yevro ajratishini tasdiqladi, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 7 milliarddan oshadi. Bu «bir qancha boshqa yirik Yevropa mamlakatlari taqdim etganidan ko‘pdir», dedi Shols. Uning tushuntirishicha, Kiyevga «Yettilik guruhi» (G7) davlatlari tomonidan avval kelishib olingan 50 milliard dollar miqdoridagi kreditni hisobga olgan holda, Ukraina unga ilgari mavjud bo‘lganidan ko‘proq mablag‘ olishi mumkin bo‘ladi.
Moldova prezidenti Mayya Sandu, o‘z navbatida, Kiyev ittifoqchilaridan olayotgan yordam unga mamlakatni himoya qilishga yordam berishini ta’kidladi.
Germaniya Ukrainaga harbiy yordam miqdorini cheklashni rejalashtirmoqda
Kiyevga harbiy yordamni davom ettirish haqidagi munozaralar Berlinning 2025 yildayoq uning hajmini kamaytirish rejalari fonida davom etmoqda. Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung (FAS) gazetasi 17 avgust kuni Germaniya hukumati Ukrainaga yaqin kelajakda qo‘shimcha moliyaviy yordam bermoqchi emasligini yozdi. FAS ichki hukumat hujjatlari va o‘z manbalaridan aniqlashicha, Kiyevga faqat ilgari ma’qullangan yordam ko‘rsatiladi, kansler Olaf Sholsning iltimosiga binoan Germaniya Mudofaa vazirligining boshqa so‘rovlari tasdiqlanmaydi. FAS ma’lumotlariga ko‘ra, bu haqda Germaniya moliya vaziri Kristian Lindnerning 5 avgustda mudofaa vaziri Boris Pistoriusga yo‘llagan maktubida aytilgan.
Agar 2024 yilda Germaniya budjeti Ukrainaga yordam berish uchun 8 milliard yevroni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, 2025 yil uchun rejalashtirilgan limit atigi 4 milliardni tashkil etadi.
Keyinroq Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaga harbiy yordam qisqarishi mumkinligi haqidagi iddaolarni rad etdi. Sat.1 telekanaliga bergan intervyusida Shols Berlinning Kiyevni qo‘llab-quvvatlash borasidagi pozitsiyasida «mutlaqo beqarorlik yo‘qligini va bu boradagi muhokamalardan hayratda ekanligi»ni aytdi.
Bundan tashqari, G7 qaroriga ko‘ra, Ukraina 50 milliard yevro miqdorida kredit oladi, uning foizlari Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromad hisobidan qoplanadi. Bu mablag‘lar Kiyevga mudofaa uchun zarur bo‘lgan qurollarni sotib olish imkonini beradi, dedi Shols. Bu mexanizm xalqaro darajada hali kelishilmagan. Biroq, Germaniya kansleri taklif qilingan sxemada «mutlaqo noaniq narsa» yo‘q, deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
15:01 / 20.12.2024
Olaf Shols NATO bo‘yicha ittifoqchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
09:55 / 20.12.2024
Shols va Tramp telefon orqali Ukrainadagi urushni muhokama qildi
22:59 / 19.12.2024
Tashqi qarz bosimi: koalitsiya tarqadi, Shols yutqazishi mumkin
21:27 / 16.12.2024