Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarboyjon birinchi xonimi bilan uchrashdi
Ular birgalikda Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazi qoshidagi «Mehrli maktab» shifoxonasiga, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur suratlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Ozarboyjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi kanaliga yozib qoldirdi.
«Birgalikda Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazi qoshidagi «Mehrli maktab» shifoxonasiga, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur suratlari ko‘rgazmasiga bordik, milliy liboslarning ajoyib namoyishini tomosha qildik.
Madaniy-gumanitar aloqalar va mushtarak an’analar O‘zbekiston bilan Ozarboyjon o‘rtasidagi munosabatlarning rivojida muhim o‘rin tutadi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi Mehribon Aliyeva hamrohligida 22 avgust kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi. 23 avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini o‘tkazdi.
Mavzuga oid
20:03 / 19.09.2024
Saida Mirziyoyeva Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
11:52 / 14.09.2024
Saida Mirziyoyeva: «Oiladagi zo‘ravonliklarga qarshi kurash bo‘yicha mamlakatimiz mintaqada yetakchiga aylanganidan faxrlanaman»
14:24 / 13.09.2024
Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi
14:41 / 11.09.2024