Andijonda "Mebel kompleksi" kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida mebelsozlikni rivojlantirishni yangi sifat bosqichiga olib chiqish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi Uyg‘ur mahallasi hududida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, ko‘rgazma-savdo obektlari va boshqa obektlar "klaster" usulida joylashgan "Mebel kompleksi" kichik sanoat zonasini (KSZ) tashkil etish ko‘zda tutilgan.
KSZni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish "Aloqa bank" AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Savdo-sanoat palatasi va Andijon viloyati hokimligi "Aloqa" banki bilan birgalikda va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda quyidagilarni o‘z ichiga olgan sanoat zonasi konsepsiyasini ishlab chiqadi:
- ishlab chiqarish sexlari (angar), ko‘rgazma pavilionlari, ochiq va yopiq savdo maydonlari, furnitura va butlovchi qismlar savdo markazi hamda logistika markazini yaratish;
- mebel mahsulotlari uchun import o‘rnini bosuvchi xomashyo, furnitura va butlovchi qismlar ishlab chiqarish;
- raqobatbardosh mebel mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun taniqli xorijiy brendlarni jalb qilish;
- mahalliy furnitura va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilarining dilerlik markazlarini ochish va boshqalar.
Mavzuga oid
14:37 / 27.12.2024
380 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
09:37 / 27.12.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024