NASA fazodan Yerga qayta olmayotgan astronavtlar taqdiriga oydinlik kiritdi
Ular fevralgacha Yerga qaytmaydi. NASA ularni qaytarish uchun boshqa kema uchiradi.
NASA agentligi Xalqaro kosmik stansiyani (XKS) tark eta olmayotgan astronavtlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, Sunita Uilyams va Batch Uilmor 2025 yil fevraliga qadar stansiyada qoladi.
Astronavtlar stansiyaga 5 iyun kuni Boeing kompaniyasining yangi Starliner kosmik kemasida yetib borgan edi. Ular stansiyada bor-yo‘g‘i sakkiz kun bo‘lishi kutilgandi. Biroq, kemada jiddiy texnik muammolar yuzaga keldi va bu astronavtlarning Yerga qaytishini xavfli qildi.
Shanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida NASA ma’muri Bill Nelson astronavtlarni olib qaytish uchun SpaceX kemasi yuborilishini e’lon qildi. Starliner esa ekipajsiz Yerga qaytariladigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:36 / 12.09.2024
Tarixda ilk bor professional bo‘lmagan astronavtlar ochiq kosmosga chiqdi
21:36 / 10.09.2024
SpaceX birinchi shaxsiy tadqiqot missiyasini uchirdi. Noprofessional astronavtlar ochiq kosmosga chiqadi
18:16 / 08.09.2024
Mask to‘rt yildan keyin odamlar Marsga uchishini e’lon qildi
21:30 / 07.09.2024