Jahon | 10:37 / 25.08.2024
4933
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh boshqa davlatlarda Rossiya banklarining filial ochishiga qarshi sanksiyalar bilan tahdid qildi

Vashington g‘arb sanksiyalarini aylanib o‘tish maqsadida o‘z hududida Rossiya banklariga filiallar ochishga ruxsat bergan mamlakatlarni ta’qib etish niyatida, deya ta’kidlagan AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyyemo.

Foto: AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyyemo. Foto: VOAnews

“Biz nafaqat ular ochgan filialni, ular bilan ishlayotgan va sizning yuridiksiyangiz ostidagi boshqa tuzilmalar va kompaniyalarni ta’qib qilamiz. Mamlakatlar har qanday rus banklari va shu’ba korxonalarini ochishni bas qilishlari kerak, chunki ulardan bizning koalitsiyamiz tomonidan o‘rnatilgan sanksiyalarni aylanib o‘tishda foydalaniladi”, — deya Adeymodan iqtibos keltirmoqda Financial Times.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar Rossiya tomonidan harbiy ehtiyojlar bilan bog‘liq tovarlarni import qilishni qiyinlashtirishga qaratilgan qoidalardagi so‘nggi o‘zgarishlardir.

Adeyyemoning qayd etishicha, AQSh yangi mamlakatlardagi u qadar katta bo‘lmagan banklarga Xitoy, Turkiya va BAAdagi yirik moliya tashkilotlari bosim tufayli Rossiya kontragentlari bilan ishlashni bas qilganidan so‘ng e’tibor qarata boshlagan.

Uning fikricha, global moliyada “G‘arbning yetakchiligi” ko‘pgina yirik banklarning g‘arb bosimiga ko‘nishga majburlay oladi.

“Chunki ular Rossiyadan ko‘ra AQSh, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va koalitsiyamizning boshqa a’zolari bilan ko‘proq biznes olib borishadi. Ular dollar, yevro, funt yoki iyenadan uzilib qolishni istashmaydi”, — degan u.

O‘tgan juma kuni AQSh hukumati Ukrainadagi urush uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketi joriy qilinayotganini e’lon qilgan edi. Qora ro‘yxatga Rossiya doxil Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharqdagi 400 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar kiritilgan, deyiladi AQSh moliya vazirligining relizida.

Gap “Rossiyaga jangovar harakatlar olib borishda ko‘maklashayotgan”, sanksiyalarni aylanib o‘tishda yordam berayotgan, jumladan harbiy mahsulotlar qo‘shmaqsadli tovarlar yetkazib berayotgan insonlar va tashkilotlar, shuningdek Rossiya iqtisodiyotini xomashyo savdosidan kelayotgan daromad bilan boyitayogan kompaniyalar haqida bormoqda.

Sanksiyalar ostiga Rossiya eng yirik rangli metallurgiya kompaniyasi “Norilskiy nikel”ning asosiy korxonalari ham tushgan. AQShning xorijiy aktivlar ustidan nazorat boshqarmasi (OFAC) ma’lumotlariga ko‘ra, «qora ro‘yxat»ga «Nornikel»ning asosiy, Rossiyada nikel va kobaltning 85 foizini, misning 70 foizini, platina guruhidagi metallarning 95 foizini ishlab chiqaruvchi qutb chizig‘idan yuqoridagi filiali kiritilgan.

Bundan tashqari, “Nornikel”ning Chita oblastida joylashgan Bastrinsk kon boyitish kombinati ham sanksiya ostiga tushgan. Bu korxona mis va temir ishlab chiqarib uni Xitoyga sotish bilan shug‘ullanardi.

Mavzuga oid