Paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga mablag‘ berish shartlari o‘zgardi
Prezident farmoni bilan O‘zbekiston prezidenti va hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Paxta hosilini sotib olish va sotishning yangi tizimi shaffof, to‘laqonli va adolatli ishlashini ta’minlash, paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish bo‘yicha Respublika shtabining taklifiga ko‘ra:
Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kredit resurslari hisobidan paxta-to‘qimachilik klasterlari va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga fyuchers shartnomalari bo‘yicha ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosini yig‘ib olish uchun kreditlar ajratiladi;
Kredit miqdori paxta xomashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi – 2 foiz) 10 oy muddatga, shu jumladan uch oylik imtiyozli davr bilan, keyingi 7 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan beriladi.
Paxta xomashyosi yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash to‘g‘risidagi nizomga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Mavzuga oid
18:17 / 20.09.2024
Paxta narxi: Fermerlar va klasterlar o‘rtasidagi shartnomalar fermerlarning zarariga o‘zgartirilmoqda
18:36 / 18.09.2024
“Hammadan bir xil undiriladi” - Kitobda yoshlar yetakchilarining maoshi paxta terimi uchun ushlab qolinmoqda
11:37 / 30.08.2024
Surxondaryoning ayrim hududlarida paxta terimi boshlandi
15:21 / 19.07.2024