WSJ: Fransiya va BAA 2017 yilda Pavel Durovning telefonini buzib kirgan
Fransiya va BAA maxsus xizmatlari 2017 yilda Purple Music operatsiyasini amalga oshirdi. Shundan bir yil o‘tib Fransiya prezidenti Makron Durovga Telegram bosh ofisini Parijga ko‘chirishni taklif qildi, ammo u rad javobini berdi.
Fransiya va BAA maxsus xizmatlari Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovning iPhone’ini 2017 yilda buzib kirgan, deb xabar berdi Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi 28 avgust, chorshanba kuni manbalarga tayanib.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Telegram’ga buzib kirish maxsus xizmatlarning uzoq muddatli vazifasi bo‘lgan, chunki Fransiya rasmiylari messenjerdan shubhalanib, IShID guruhi undan jangarilarni yollash va terrorchilik faoliyatini tashkil etishda foydalanayotganidan nihoyatda xavotirda edi. Josuslik operatsiyasi Purple Music shartli nomini oldi.
Makronning taklifi
Bir yil o‘tib Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Pavel Durov bilan qo‘shma tushlik paytida unga Telegram bosh ofisini Parijga ko‘chirishni taklif qildi, biroq u rad javobini berdi. Ushbu uchrashuvning borishi bilan tanish bo‘lgan suhbatdoshlarning WSJ’ga aytishicha, suhbat mavzularidan biri Durovga Fransiya fuqaroligini ham berish bo‘lgan.
Fransiya ham, BAA ham Pavel Durovga 2021 yilda fuqarolikni bergan. O‘sha yili Fors ko‘rfazi davlatlari platformaga 75 million dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Politico yozishicha, Makron va uning atrofidagilar kamida 2017 yildan beri Telegram’dan foydalanmoqda.
Pavel Durovning ushlanishi
Pavel Durov 24 avgust kuni kechqurun Parij aeroportida qo‘lga olingan. Ikki kundan keyin Parij prokuraturasi Durov noma’lum shaxslarga qarshi jinoiy tergov doirasida 12 ta jinoyat, jumladan vakolatli organlar so‘roviga ko‘ra ma’lumot berishni rad etish, shuningdek, pornografiya, giyohvand moddalar va hakerlik dasturlarini tarqatishda ishtirok etish bo‘yicha qo‘lga olinganini e’lon qildi. Durovning ishdagi maqomi noma’lum.
Durovga yaqin manbaning so‘zlariga ko‘ra, Telegram ko‘p yillar davomida platformada noqonuniy kontent tarqalishi oldini olish uchun rasmiylar bilan hamkorlikni talab qiluvchi huquq-tartibot idoralarining chaqiruvi va sud qarorlariga e’tibor bermagan.
WSJ ta’kidlaganidek, Durovning qo‘lga olinishida Makron bilan uchrashuv yoki telefonni buzish rol o‘ynaganiga ishora yo‘q, biroq bu tafsilotlar uning Fransiya va BAA bilan munosabatlariga oydinlik kiritadi.
Mavzuga oid
18:26 / 23.12.2024
Telegram 2024 yilda 1 milliard dollar daromad qildi
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
22:17 / 16.12.2024