Xitoyda 47 yoshli ota 18 yoshli o‘g‘li bilan birga universitetga o‘qishga kirdi
Dastlab, erkak o‘g‘lini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktabda qayta o‘qishni boshlagan, so‘ng yoshlikdagi orzusini amalga oshirish uchun universitetga kirishga qaror qilgan.
Xitoyda 47 yoshli ota va uning 18 yoshli o‘g‘li birga imtihon topshirib, universitetlarga o‘qishga kirdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Lyu Aoxan Pekindagi Beyhan universitetining Aerokosmik muhandislik fakultetiga o‘qishga kirdi, uning otasi Lyu Jianbo esa Guansi pedagogika universitetining biznesni boshqarish fakulteti talabasi bo‘ldi.
Jianbo bunday imkoniyatga o‘g‘li bilan birga maktabni bitirganidan keyin ega bo‘ldi. Erkak farzandini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘rta maktabning ikkinchi sinfidan boshlab o‘qishda unga hamrohlik qilgan. Bunday yondashuv o‘z samarasini berdi: Aoxan sinfdagi eng yaxshi o‘quvchiga aylandi, otasi unga o‘rnak bo‘ldi. Jianbo bir vaqtning o‘zida temiryo‘l sohasida menejer bo‘lib ishlardi.
Otaning o‘zida ham o‘qishga ishtiyoq kuchli bo‘lgan. Yoshligida u oilasini boqish uchun maktabdan keyin darhol ishlay boshlagan. Ammo erkak doim universitet talabasi bo‘lishni orzu qilgan va oxir-oqibat bunga erishdi.
Unga ham o‘qib, ham ishlash mumkin emas, shuning uchun erkak universitet unga darslarga erkin qatnashish uchun ruxsat berishiga umid qilmoqda. Aks holda, u so‘nggi chora sifatida nafaqaga chiqqanidan keyin o‘qishni davom ettirmoqchi.
Mavzuga oid
19:57
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
14:53
Xitoy kompaniyasi Askiya bozorini 225,6 mlrd so‘mga sotib oldi
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
21:52 / 24.12.2024