Braziliya X ijtimoiy tarmog‘ini bloklash bilan tahdid qildi
Ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Maskka nisbatan Braziliyada odil sudlovga to‘sqinlik qilish, jinoiy tashkilot tashkil etish va jinoyatga undash ayblovlari bo‘yicha tergov olib borilmoqda.
Braziliya Oliy sudi sudyasi Aleshandre de Moraes Amerikaning X corp. (sobiq Twitter) korporatsiyasi egasi Ilon Maskka 24 soat ichida kompaniyaning ushbu mamlakatdagi yangi yuridik vakilini tayinlash vazifasini yukladi. Bu haqda 28 avgust kuni sud matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, biznesmenning manfaatlarini himoya qiluvchi advokatga ham 18 avgust kuni ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etish belgilangan. Agar talablar bajarilmasa, X ijtimoiy tarmog‘ining Braziliya internet segmentidagi faoliyati to‘xtatilishi mumkin.
Braziliyada Maskka nisbatan odil sudlovga to‘sqinlik qilish, jinoiy tashkilot tashkil etish va jinoyatga undash ayblovlari bo‘yicha tergov olib borilmoqda.
Maskning o‘zi holatga X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali izoh berdi. «Bu sudya bir necha bor o‘zi qasamyod keltirgan qonunlarni buzdi», — deb yozadi amerikalik tadbirkor. Shuningdek, u yuristlar fikriga tayanib, Aleshandre de Moraesning ko‘rsatmasini «noodatiy va noqonuniy» deb atadi.
Avgust o‘rtalarida Braziliya sudi X’dan ijtimoiy tarmoqda «feyk» tarqatgan ayrim akkauntlarni bloklashni talab qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ijtimoiy tarmoq avvaliga talabni bajargan, ammo keyin Mask «Braziliyadagi barcha daromaddan ayrilib, u yerdagi ofisini yopishga majbur bo‘lsa ham», akkauntlarni blokdan chiqarishini ma’lum qildi. Moraes sud faoliyatiga to‘sqinlik qilgan milliarderga qarshi tergov boshladi va akkauntlar bloklanmaguncha undan har kuni 20 ming dollar miqdorida jarima undirish bilan tahdid qildi.
Mavzuga oid
22:12 / 23.12.2024
2024 yilning eng omadsiz valutasi ma’lum qilindi
20:07 / 16.12.2024
WSJ: Ilon Mask o‘z kompaniyasi AQSh harbiylari va razvedka topshirig‘i bilan kosmosga nimalar jo‘natayotganini bilmaydi
10:00 / 16.12.2024
O‘zbekiston Braziliyaga ilk bor blok-poyezd jo‘natdi
22:55 / 11.12.2024