O‘zbekiston | 13:20 / 29.08.2024
683
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon va O‘zbekiston davlatlararo hujjat aylanishi kompleksini joriy etishi mumkin

Ozarboyjon va O‘zbekiston davlatlararo hujjat aylanishi uchun EDO.IJRO.UZ majmuasini joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu haqda Qozog‘istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligi Ozarbayjonning Trend.az manbasiga tayanib ma’lum qildi.

Ushbu majmua ikki mamlakat davlat idoralari o‘rtasidagi hujjat aylanishini boshqarishda qo‘llanadi. Bu esa ma’muriy vazifalarni bajarishning operativligi va samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

O‘zbekistonda IT-xizmatlari sohasi jadal rivojlanmoqda. Shuningdek, 2023 yil yakuniga ko‘ra Ozarboyjondagi axborot-kommunikatsiya korxonalari 3,206 milliard manatlik xizmatlar ko‘rsatgan va o‘tgan yilga nisbatan 16,3 foizga o‘sgan.

Mavzuga oid