Super-kontrakt narxlari tasdiqlandi
Tabaqalashtirilgan kontrakt natijasi 56,7 balldan kam bo‘lmagan va kirish chizig‘iga 4,05 balldan ortiq yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan.
2024/2025 o‘quv yili qabulida bakalavriat kirish imtihonlaridan yiqilgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan kontrakt narxlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Super-kontrakt narxlari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan va 56,7dan kam bo‘lmagan ball to‘plagan abituriyentlar uchun amal qiladi. Talaba buni o‘qishning birinchi yilida to‘laydi. Qolgan yillar bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab boradi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni 2024 yil 15 oktyabrgacha to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foizlik chegirma beriladi.
Talabgorlar yangi o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt narxlariga qarab, o‘zlari o‘qimoqchi bo‘lgan yo‘nalishda super-kontrakt miqdorlarini hisoblab olishlari mumkin. 2024/2025 o‘quv yili uchun kontrakt narxlari bu yerda e’lon qilingan.
Mavzuga oid
15:23
“Qo‘lingdan bitta jaket sotvolish kelmaydimi, uyatsizlar...” - TDPUda forma kiymagan talabalar bosimga uchradi
14:49
“Super kontrakt” tartibi barcha OTMlarni chalkashtiryapti. Nega komissiya qarori e’lon qilinmaydi?
15:20 / 19.09.2024
“Yuridik universitetga 4 ball yetmadi, shunda ham 317 mln so‘m to‘lashim kerak ekan” - Super kontraktda nima o‘zgardi?
11:36 / 16.09.2024