O‘zbekiston | 08:49 / 31.08.2024
18851
1 daqiqa o‘qiladi

Sinoptiklar sentabrda kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

Bu yil sentabr oyi birinchi o‘n kunligida qulay harorat fonida quruq ob-havo hukm surishi kutilmoqda. Kechasi va erta tongda +12...+17 daraja salqin bo‘ladi, kunduzi quyosh nurlari havoni +28...+33 darajagacha, ba’zi joylarda +35 darajagacha isitadi. O‘n kunlik ikkinchi yarmida +24...+27 darajagacha qisqa muddatga pasayishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Sentyabr – kuzining birinchi oyi, ammo O‘zbekistonda ob-havo sharoitiga ko‘ra, faqat qulayroq harorat fonida, u ko‘pincha yozga o‘xshaydi.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda sentabr oyi yilning eng qurg‘oqchil oylaridan biri deb hisoblanadi.

Bu yil sentabr oyining birinchi o‘n kunligida qulay harorat fonida quruq ob-havo hukm surishi kutilmoqda.

Kechasi va erta tongda +12...+17 daraja haroratda tetiklantiruvchi salqinlik seziladi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni +28...+33 darajagacha, ba’zi joylarda +35 darajagacha isitadi. O‘n kunlikning ikkinchi yarmida +24...+27 darajagacha qisqa muddatga pasayishi mumkin.

Keyinchalik, sentabr oyining oxirigacha pastroq fonda harorat kechalari +13...+18 darajadan +7...+12 darajagacha, kunduz kunlari +28...+33 darajadan +20...+25 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Oyning uchinchi o‘n kunligi ayrim kunlarida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.

Mavzuga oid