O‘zbekiston | 10:08 / 02.09.2024
1679
1 daqiqa o‘qiladi
7 oyda O‘zbekistonga 4 mlndan ortiq turist keldi
2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 4 242,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562,5 ming nafarga yoki 15,3 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Qirg‘iziston – 1 244,9 ming nafar;
- Tojikiston – 1 240,9 ming nafar;
- Qozog‘iston – 845,8 ming nafar;
- Rossiya – 442,1 ming nafar;
- Turkmaniston – 83,7 ming nafar;
- Turkiya – 62 ming nafar;
- Xitoy – 35,5 ming nafar;
- Hindiston – 33,3 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 23,9 ming nafar;
- Italiya – 19,5 ming nafar;
- boshqa davlatlar – 211,2 ming nafar.
Mavzuga oid
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
07:25 / 05.09.2024
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda qaysi davlatlarga ko‘proq borgani aytildi
14:47 / 03.09.2024
Turoperatorlarga turistlarni jalb qilish uchun imtiyozli mablag‘lar ajratiladi
12:30 / 01.09.2024