O‘zbekiston | 11:23 / 05.09.2024
2340
3 daqiqa o‘qiladi

Avgust oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

Statistika agentligi 2024 yil avgust oyi uchun palov indeksini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 31 400 so‘m bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlardan Buxoro (31 200 so‘m) va Samarqand viloyati (30 000 so‘m) viloyatlari joy olgan. Eng arzon osh esa Farg‘ona viloyatida – 1 porsiyasi 24 400 so‘mdan sotilgan.

Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiyasi uchun o‘rtacha narxlar quyidagicha bo‘lgan:

  •  Qoraqalpog‘iston R. – 25 300 so‘m     
  •  Andijon viloyati – 26 400 so‘m     
  •  Buxoro viloyati – 31 200 so‘m      
  •  Jizzax viloyati –27 900 so‘m     
  •  Qashqadaryo viloyati – 28 100 so‘m      
  •  Navoiy viloyati – 26 200 so‘m      
  •  Namangan viloyati – 26 100 so‘m     
  •  Samarqand viloyati – 30 000 so‘m     
  •  Surxondaryo viloyati – 27 900 so‘m     
  •  Sirdaryo viloyati – 24 600 so‘m     
  •  Toshkent viloyati – 25 700 so‘m    
  •  Farg‘ona viloyati – 24 400 so‘m 
  •  Xorazm viloyati – 28 900 so‘m 
  •  Toshkent shahri – 31 400 so‘m 

Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mavzuga oid