Tashqi ishlar vaziri BMT bosh kotibi maxsus vakilini qabul qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Kaxa Imnadzeni qabul qildi.
"BMT bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze janoblari bilan uchrashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari tomonidan mintaqada, shu jumladan Afg‘onistonda ham, umumiy farovonlik yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlarni doimiy ravishda BMT va uning missiyalari doimiy qo‘llab-quvvatlanayotgani yuksak qadrlanadi.
Qayd etilishicha, bir yoqadan bosh chiqarish va olg‘a intilish, mavjud barcha masalalarni hal etish hamda kelajak avlodlar bugungi harakatlar natijalaridan bahramand bo‘ladigan eng qulay shart-sharoitlar yaratish uchun hozirdan yaxshiroq fursat bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
08:10 / 19.09.2024
BMT Bosh assambleyasi Isroilni Falastin hududini tark etishga chaqirdi
18:36 / 14.09.2024
O‘zbekiston Global kiberxavfsizlik indeksidagi o‘rnini yaxshiladi
09:37 / 09.09.2024
BMT: Ukrainada tinch aholi o‘limi keskin oshdi
14:32 / 04.09.2024