2027 yilda dunyoda birinchi trillioner paydo bo‘lishi mumkin
Hozir dunyodagi eng boy odam Ilon Maskning davlati 250 milliard dollardan oshdi.
Amerikalik tadbirkor, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. Bu haqda Informa Connect Academy (ICA) tahlilchilari hisobotiga tayanib The Guardian yozdi.
Tadqiqotchilar Maskning boyligi har yili o‘rtacha 110 foizga oshayotganini hisobga olgan. Bundan tashqari, amerikalik tadbirkor Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, allaqachon 251 milliard dollar bilan sayyoramizning eng boy odamiga aylangan.
ICA tahlilchilari 2028 yilda ikkinchi trillioner Hindiston konglomerati Adani Group asoschisi va raisi Gautam Adani bo‘lishini taxmin qilmoqda. Forbes USA uni Osiyoning eng boy odami deb hisoblaydi. Uning boyligi o‘sish sur’ati yiliga 123 foizni tashkil qiladi.
Nvidia bosh direktori Jyensen Xuang va indoneziyalik magnat Prajogo Pangestu ham to‘rt yil ichida o‘z boyligini trillion dollarga yetkazish imkoniyatiga ega. Fransuz biznesmeni, LVMH kompaniyalar guruhi prezidenti va bosh direktori Bernard Arno va Facebook bosh direktori Mark Tsukerberg 6 yilda bu marraga yetishi mumkin.
Mavzuga oid
11:23 / 26.12.2024
Dunyo elektrsiz qoladi, sun’iy idrok odamlardan o‘zib ketadi: Ilon Maskning 2025 yil uchun prognozlari
20:07 / 16.12.2024
WSJ: Ilon Mask o‘z kompaniyasi AQSh harbiylari va razvedka topshirig‘i bilan kosmosga nimalar jo‘natayotganini bilmaydi
22:55 / 11.12.2024
Ilon Mask 400 milliard dollardan ortiq boylikka ega dunyodagi birinchi odamga aylandi
17:25 / 03.12.2024