Samarqandda shaharlararo yo‘lovchi tashish avtobusida yaroqsiz go‘sht olib ketilayotgani aniqlandi
Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobusda sifati kafolatlanmagan va sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgan go‘sht borligi aniqlangan.
Samarqand viloyatida harakatlanayotgan shaharlararo yo‘lovchi tashish avtobusi sifati kafolatlanmagan go‘sht ortib ketayotgani aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 6 sentabr kuni soat 16:30 larda "Buxoro- Toshkent" yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Youtong rusumli avtobus M-39 avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani hududida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida to‘xtatilgan.
YPX xodimlari tomonidan sohaviy xizmat xodimlari bilan avtobus yukxonasi ko‘zdan kechirilganda u yerda 500 kilogramm sifati kafolatlanmagan, yaroqsiz go‘sht mahsulotlari olib ketilayotgani aniqlangan.
Ushbu mahsulot Bulung‘ur tumani Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga tekshirish uchun yuborilgan.
Mavzuga oid
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
21:02 / 26.11.2024