O‘zbekiston | 11:32 / 10.09.2024
934
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida yuklarni avtomobilda xalqaro tashish to‘g‘risida bitim tasdiqlandi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston hukumati bilan Estoniya hukumati o‘rtasida yo‘lovchilar va yuklarni avtomobilda xalqaro tashish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2024 yil 29 yanvarda Bryussel shahrida imzolangan.
Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Mavzuga oid
21:41 / 08.11.2024
Kiyevga hujum vaqtida Rossiya droni Estoniya elchisi yashaydigan uyga kelib urildi
23:37 / 17.10.2024
Estoniya qrimtatarlarning deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
23:57 / 13.09.2024
Estoniya Rail Baltic loyihasini moliyalashtirishga 200 mln yevro yo‘naltiradi
20:28 / 31.08.2024