Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi ta’limni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan Qatarda uyushtirilgan davra suhbatida ishtirok etdi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ta’limni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan Qatarda uyushtirilgan davra suhbatida ishtirok etdi.
“Davra suhbatida ishtirok etish men uchun ulkan sharafdir. Taklif uchun Shayxa Muza bint Nosir al-Misnad hazrati oliyalariga minnatdorlik bildiraman”, deb yozdi u.
O‘zbekiston ta’lim sifatiga, ayniqsa, qizlar va ayollarning bilim egallashiga katta e’tibor qaratmoqda. Bu borada yurt sarhadlari bilan cheklanib qolinayotgani yo‘q.
2018 yili prezident tashabbusi bilan Termiz shahrida kasb-hunar ta’limi markazi ochildi, hozirga qadar bu yerda 700 nafarga yaqin Afg‘oniston fuqarosi tahsil oldi, ulardan 200 nafari – xotin-qizlar.
“Afg‘onistonlik ayollar uchun bu juda muhim – mamlakatda ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida malakali tibbiy kadrlar yetishmovchiligi kuzatiladi.
Biz gumanitar inqirozning oldini olish yo‘lida afg‘onistonlik qizlar va ayollarni zaruriy kasblarga o‘qitish ishlarini davom ettirishga tayyormiz. Qatar hukumati va Education Above All jamg‘armasi bo‘lsa, bu borada bizga yordam berishga shay.
Mavjud vaziyatni inobatga olsak, bu vazifani uddalash barcha tomonlar uchun oson bo‘lmaydi. Lekin biz bu yo‘lda bor kuch-quvvatimizni ishga solishga tayyormiz”, deya ma’lum qildi O‘zbekiston prezidenti yordamchisi.
Qayd etilishicha, xotin-qizlar uchun eng yaxshi himoya —ta’lim olish imkoniyatidan emin-erkin foydalanish.
Mavzuga oid
02:08
Saida Mirziyoyeva: «Kelgusi yil uchun belgilangan vazifalar ko‘lami juda keng»
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
20:49 / 19.12.2024
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi
18:02 / 19.12.2024