Turkiyaning yana bir shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi
Turkiyaning Trabzon shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi. Shu paytgacha bunday vakolatxona Bursa, Adana, Antaliyada bo‘lgan.
9 sentabr kuni Turkiyaning Trabzon shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi.
O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, faxriy konsulxona Trabzon viloyat hokimligi (vakillik) binosi qarshisida joylashgan. Shu paytgacha bunday vakolatxona mamlakatning Bursa, Adana, Antaliya viloyatlarida bo‘lgan.
Yangi faxriy konsulxona tegishli hududdagi fuqarolar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish barobarida, Trabzon va mamlakatimiz viloyatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi, deyiladi ma’lumotda.
Faxriy konsullik — bu davlatlar o‘rtasidagi savdo, madaniy va diplomatik aloqalarni rivojlantirish maqsadida ochiladigan vakolatxona.
Mavzuga oid
17:38
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
18:39 / 14.12.2024