O‘zbekiston | 17:00 / 11.09.2024
20778
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

BYD Seagull elektromobilining rasmiy taqdimoti o‘tkazildi

Poytaxtdagi Tashkent City bog‘ida uchinchi avlod e-Platforma asosida yaratilgan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan 6 yil yoki 150 000 kmlik kafolat taqdim etilayotgan BYD Seagull elektromobilining rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yangi model o‘ziga xos dizayn va ilg‘or texnologiyalarni uyg‘unlashtirib, O‘zbekiston bozori uchun maxsus moslashtirilgan. Bu innovatsion hetchbek faqat yuqori darajadagi “405 km Flying” komplektatsiyasida sotuvga chiqarildi. Ixchamlik va energiya samaradorligi bu elektromobilni shahar ko‘chalarida harakatlanish uchun ideal hamrohga aylantiradi.

BYD Uzbekistan Factory MChJ kengashi a’zosi Ivan Cao mazkur elektromobil dunyo bo‘ylab 500 mingdan ortiq iste’molchilarga yetkazib berilganini aytdi:

Bugun biz Tashkent City bog‘ida Seagull elektromobilining taqdimot marosimini o‘tkazyapmiz. Bu shahar elektromobillari seriyasining yangi modeli hisoblanadi. BYD kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga o‘zining yangi modellarini olib kelishda davom etadi. Bundan oldin biz boshqa elektromobillarning rasmiy taqdimotini ham o‘tkazgan edik. Jumladan, Chazor va Song Plus modellari allaqachon Jizzaxdagi zavodimizda ishlab chiqarish boshlangan. Bu safar E2 va Seagull kabi to‘liq elektrda harakatlanuvchi avtomobillarni taqdim etmoqdamiz. Seagull Xitoy bozorida eng ommabop elektromobillardan biri hisoblanadi. Ushbu model dunyo bo‘ylab allaqachon 500 mingdan ortiq mijozlarga yetkazib berildi va ko‘pchilikda ijobiy taassurotlar qoldirdi. Umid qilamizki ushbu model o‘zbekistonlik mijozlarimizga ham manzur keladi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, ushbu Seagull elektromobili BYDning eng ilg‘or texnologiyasi bo‘lmish “e-Platform 3.0” asosida ishlab chiqilgan. Bu texnologiya sohadagi eng samarali va yuqori xavfsizlik standartlariga to‘la javob bera olishi bilan boshqalaridan farqlanib turadi.

Kelajakdagi rejalarga kelsak, Jizzaxdagi avtomobil zavodimiz allaqachon ishga tushgan. Oktyabr oyidan boshlab mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillarimizni mijozlarga yetkazib berishni boshlaymiz. Ushbu zavodda BYDning yanada ko‘proq modellarini ishlab chiqarishni, bundan tashqari ehtiyot qismlarni ham ishlab chiqarishni niyat qilyapmiz. O‘ylaymizki, 2025 yilda yiliga 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga erishamiz”.

BYD Seagull’da birinchi bo‘lib ajralib turadigan jihat uning ixcham va nafis ko‘rinishi bo‘lib, uni Toshkentning gavjum ko‘chalarida harakatlanish uchun ideal mashinaga aylantiradi. Uning tashqi ko‘rinishi mashhur dizaynerlar tomonidan yaratilgan bo‘lib, aerodinamik xususiyatlarini optimallashtirish orqali samaradorlik va barqarorlik ta’minlangan. Shuningdek, uning umumiy tashqi ko‘rinishi “Dengiz estetikasi”ni aks ettiruvchi dizayn falsafasini o‘zida mujassam etgan. Salon bilan uyg‘unlashgan sportcha uslubdagi old qism elektromobilga zamonaviy ko‘rinish berib turadi. Seagull dizaynida muz kristalli shaklidagi kunduzgi yoritgichlar qo‘llangan. Ushbu chiroqlar uzaytirilgan kuzov va dinamik yon chizig‘i bilan birgalikda modelga nomi berilgan chag‘alay qushining o‘tkir va nozik harakatlarini eslatadi. Avtomobil uch xil rangda taklif etiladi: och yashil rang, qora va oq ranglarda. Ichki ko‘rinishga kelsak, ko‘k-yashil yoki ko‘k-zarg‘aldoq rangli kombinatsiyalar tanlanib, avtomobilning yorqin tashqi ko‘rinishini to‘ldiruvchi yangicha va energiya to‘la intererdan zavqlanish mumkin.

BYD Seagull - O‘zbekistonda BYD tomonidan “e-Platform 3.0” texnologiyasi asosida yaratilgan birinchi elektromobil bo‘lib, unda xavfsizlik, samaradorlik, aqlli funksiyalar va kengaytirilgan salon dizayniga alohida e’tibor qaratilgan. “ e-Platform 3.0”ning asosiy xususiyatlari Blade Battery akkumulyatori va yuqori samarali issiqlik nasosini o‘z ichiga oladi. Avtomobil, shuningdek, bir nechta xavfsizlik yostiqchalari, ilg‘or elektron barqarorlik tizimi va yangi aqlli tormoz tizimi kabi keng qamrovli faol va passiv xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. Ushbu tormoz tizimi an’anaviy tizimlarga qaraganda to‘rt baravar tezroq, 150 millisekund ichida maksimal kuchga erisha oladi, bu esa favqulodda holatlarda tezkorlikni ta’minlaydi.

BYD Seagull 10,1 dyuymli yonga buriluvchi sensorli ekran va aqlli ovozli yordamchi bilan jihozlangan. Elektromobil, shuningdek, haydovchilarning turli yo‘l sharoitlariga moslashtirilgan bir nechta haydash rejimlarini o‘z ichiga oladi, jumladan EKO, NORMAL, SPORT va MUZ rejimlari. Har bir rejim avtomobilning quvvatini va boshqaruvni sharoitga mos ravishda optimallashtirish xususiyatiga ega, bu esa samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, BYD’ning aqlli kabinasi inson, avtomobil va atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqani birlashtirib, avtomobil boshqaruvini yanada zavqli qiladi. "Salom, BYD" deb aytish kifoya; shunda turli xil vazifalarni bajarishga qodir aqlli planshet xizmatingizga hozir bo‘ladi. Tizim, shuningdek, qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydigan turli xil aqlli eshik ochish rejimlarini o‘z ichiga oladi. Smart-kalit, BYD ilovasi orqali masofaviy boshqaruv yoki NFC kalit orqali avtomobilingizni qulfdan chiqarish har doim oson. 4G masofaviy boshqaruv tizimi yordamida foydalanuvchilar deyarli istalgan joydan o‘z avtomobilini boshqarishi mumkin. Bundan tashqari, qulay interfeys o‘zbek va rus tillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ovozli boshqaruv texnologiyasi esa haydovchilarga yo‘lda diqqatni jamlashga imkon berib, qulaylikni yana bir daraja oshiradi.

BYD Seagull avtomobili uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan 6 yil yoki 150 000 kmlik kafolat, uning elektr dvigateli, akkumulyator va elektron qurilmalar uchun 8 yil yoki 150,000 km kafolat beriladi.

Avtomobil haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni BYD Uzbekistan’ning rasmiy saytidan yoki 1811 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun:  1811

Sayt | Instagram | Telegram

Reklama huquqi asosida