Sport | 08:10 / 11.09.2024
12598
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ilk bor sumo bo‘yicha jahon chempionatida medal oldi

Durdona Abdujabborova sumo bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekistonning ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro maydondagi ilk yutug‘i bo‘ldi. 

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekistonlik sportchi Durdona Abdujabborova sumo bo‘yicha 25-jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi «Dunyo». Bu O‘zbekistonning ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro maydondagi ilk yutug‘i bo‘ldi.

7−8 sentabr kunlari Polshaning Krotoshin shahrida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Turnirda 33 davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini Abduqodir Usmonov (80 kilogrammgacha), Mahmudjon Maqsudov (115 kilogrammgacha), Faridaxon To‘lashova (73 kilogrammgacha) va Durdona Abdujabborova (mutlaq og‘ir vazn) himoya qildi.

Abdujabborova o‘z toifasida Estoniya, Polsha va Ukrainadan kelgan raqiblari bilan o‘tkazilgan janglarda ikkita g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etdi va bu unga uchinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. U bronza medalni yaponiyalik sportchi Ayri Hisano bilan baham ko‘rdi. Norvegiyalik Katrin Frilset kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ukrainalik Irina Pasechnik chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldi.

Mavzuga oid