Kuvayt elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Ahmad Xolid Al-Jiran 2015 yil dekabr oyida O‘zbekiston TIVga Kuvayt elchisi sifatida ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Kuvayt elchisi Ahmad Xolid Al-Jiranni qabul qildi.
"Kuvaytning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Xolid Al-Jiran janoblari bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – O‘zbekiston va Kuvayt rishtalari har bir yo‘nalishda o‘sish sur’atini namoyon etmoqda. Biz janob elchiga o‘z faoliyati davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni boyitishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorligimizni bildiramiz. Unga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz".
Ahmad Xolid Al-Jiran 2015 yil dekabr oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga Kuvaytning mamlakatdagi elchisi sifatidagi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.
Mavzuga oid
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
14:32 / 14.09.2024
Urugvayning yangi elchisi TIVda akkreditatsiyadan o‘tdi
13:29 / 14.09.2024
Beninning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistondagi vazifasini bajarishga kirishdi
11:51 / 14.09.2024