Jahon | 00:49 / 15.09.2024
7905
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Chamran-1 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli chiqardi

Og‘irligi 60 kilogrammni tashkil etadigan sun’iy yo‘ldoshning asosiy vazifasi orbital manyovrchanlik texnologiyasini tekshirish uchun dasturiy va apparat ta’minotlarini sinovdan o‘tkazishdan iborat.

Foto: IRNA

Eron 550 kilometr balandlikdagi orbitaga uchirilgan Chamran-1 sun’iy yo‘ldoshidan ilk signallarni qabul qilib oldi, deb xabar beradi IRNA.

Qayd etilishicha, 14 sentabr kuni tongda Chamran-1 tipidagi tadqiqot sun’iy yo‘ldoshi Qaem-100 tashuvchi raketasi yordamida kosmosga muvaffaqiyatli uchirilgan va 500 kilometr balandlikdagi orbitaga chiqarilgan.

Og‘irligi 60 kilogrammni tashkil etadigan sun’iy yo‘ldoshning asosiy vazifasi orbital manyovrchanlik texnologiyasini tekshirish uchun dasturiy va apparat ta’minotlarini sinovdan o‘tkazishdan iborat.

Charman-1 tadqiqot sun’iy yo‘ldoshi Eron elektron sanoati (IEI) yomonidan mamlakat Aviatsiya-kosmik instituti bilan hamkorlikda yaratilgan. 

Ta’kidlanishicha, qattiq yoqilg‘ida parvoz qiluvchi Qaem-100 tashuvchi raketasi Islom inqilobi muhofizlari korpusi Harbiy-kosmik kuchlari mutaxassilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, u ikkinchi orbital missiyasini muvaffaqiyatli yakunladi.

Mavzuga oid