Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Namangan viloyatida yashovchi U.Yu. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 13 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi K.M. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan K.M. e’lonlar platformasida Nexia avtomashinasini arzon narxda sotiladi deya yolg‘on e’lon joylashtirgan. Bu e’longa ishongan jabrlanuvchi U.Yu. bilan telefon orqali gaplashib, unga avtomashinani 18 oy muddatga bo‘lib to‘lash yo‘li bilan 8000 dollarga sotishini aytgan.
So‘ng oldindan 1000 dollarni o‘tkazib berishini, keyin avtomashinani unga jo‘natib yuborishini aytib, oldindan uning 13 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kiritib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan K.M.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
18:58 / 19.09.2024
Toshkentda issiqlik energiyasi va issiq suv tariflari oshiriladi
19:38 / 18.09.2024