Latviya Rossiyaning transponderlari o‘chiq qiruvchilari haqida xabar berdi
20 va 21 sentabr kunlari Boltiq dengizi uzra transponderlarsiz oltita rus qiruvchi samolyoti aniqlangan. Latviya ularga hamrohlik qilish uchun Eurofighter'ni havoga ko‘tardi.
21 sentabr kuni Latviya harbiy-havo kuchlarining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, Rossiyaning oltita qiruvchi samolyoti yoqilgan transponderlarsiz Boltiq dengizi uzra Latviya havo hududiga kirdi.
Ularning xabariga ko‘ra, ushbu holat 20 va 21 sentabr kunlari qayd etilgan. Rossiya samolyotlari transponderlarini yoqmagan yoki parvoz rejasini taqdim etmagan, deyiladi postda. Latviya rossiyalik uchuvchilarni ogohlantirgan va ularni chegaragacha kuzatib boradigan Eurofighter NATO qiruvchilarini havoga ko‘tardi.
Delfi internet-nashri eslatganidek, Latviya Mudofaa vazirligi 7 sentabr kuni Rezekne o‘lkai Gaigalava volostida Shahed droni qulagan voqeadan keyin havo kuzatuvini kuchaytirgan. Rossiya Ukrainaga qarshi urushda Eronda ishlab chiqarilgan ushbu dronlardan foydalanmoqda.
O‘shanda Latviya qurolli kuchlari uning yaqinlashishini kuzatdilar, «lekin na dronni urib tushirishga, na NATO samolyotlarini havoga ko‘tarishga qaror qilishmadi, bu esa jamoatchilikning tanqidiga sabab bo‘ldi», deb ta’kidlaydi Delfi.
Mavzuga oid
22:22 / 23.12.2024
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
20:41 / 23.12.2024
Rossiyada YouTube trafigi keskin kamaydi
19:55 / 23.12.2024