Jahon | 13:10
1986
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya supermarketlarida bananlar orasidan 95 kg kokain topildi

Umumiy qora bozor qiymati 7 million yevrodan ortiq bo‘lgan topilmalar Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerining Myonxengladbax, Duysburg va Krefeld shaharlarida, shuningdek, Firzen, Xaynsberg va Noys okruglarida topilgan.

Foto: Polizei Mönchengladbach/dpa//picture alliance

Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerida – Myonxengladbax, Duysburg va Krefeld shaharlarida, shuningdek, Firzen, Xaynsberg va Noys okruglarida joylashgan oziq-ovqat diskaunterining o‘n bir shoxobchasida banan qutilaridan paketlarda jami 95 kilogramm kokain topildi. Bu haqda prokuratura va Myonxengladbax politsiyasi 23 sentabr, dushanba kuni xabar berdi.

Huquq-tartibot idoralari qora bozorda topilgan kokain partiyasi qiymatini 7 million yevrodan ortiqroqqa baholamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, narkotik solingan paketlar bo‘lgan banan partiyasi Janubiy Amerikadan kelgan. Politsiya va prokuratura bu partiya noto‘g‘ri tarzda supermarketlar tarmog‘iga tushib qolgan, deb hisoblayapti, uning nomi idoralar qo‘shma press-relizida keltirilmagan. Kokain kontrabandasi holati yuzasidan tergov davom etmoqda. Hozirda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, banan partiyasi dastlab dengiz orqali Antverpen portiga yetib kelgan.

Kokain do‘kondan 10 sentabr kuni topilgan

Press-relizda aytilishicha, politsiya 10 sentabr kuni Myonxengladbaxdagi ikkita do‘konda meva qutilarida shubhali paketlar borligi haqida xabar olgan.

Germaniyada banan qutilaridan kokain birinchi marta topilayotgani yo‘q. Shunga o‘xshash hodisa 2015 yilda — supermarketlar tarmog‘ida va xuddi shu federal yerda, shuningdek, qo‘shni Quyi Saksoniyada sodir bo‘lgan. Gap bitta chakana savdo tarmog‘i haqida ketyaptimi yoki bu safar narkotik boshqa do‘konlardan topilganmi, hozircha noma’lum. 

Mavzuga oid