Jamiyat | 08:50
1721
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Spark va Cobalt ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi 

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Cobalt ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

Foto: YHXB

YHXB xabariga ko‘ra, holat 23 sentabr kuni soat 09:25 larda  Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li—Uzumzor  ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. 

1994 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi Cobalt va 2001 yilda tug‘ilgan K.S. boshqaruvida bo‘lgan Spark to‘qnashgan. 

YTH natijasida Cobalt yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid